Ellikqal’a tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, o‘zining ibratli faoliyati bilan ajralib turuvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish hamda jamoatchilikka yetkazish maqsadida «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar o‘zlari faoliyat yuritayotgan muassasa va tashkilotlarda xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, erkaklar va ayollarning teng huquqliligi, erishilgan yutuqlar, ijtimoiy faollik hamda zamonaviy yondashuvlarni belgilangan shartlar asosida namoyish etdilar. Tanlov shartlariga muvofiq, ishtirokchilardan savol-javoblar olindi hamda ular tomonidan tayyorlangan taqdimotlar hakamlar hay’ati tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha munosib ishtirokchilar aniqlanib, keyingi bosqichga yo‘llanma olish uchun tavsiya etildi.
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo'ston sh. Xalqlar Do'stligi 3 uy
© Copyright all right reserved by Isoftware Company