Ellikqal’a tumani Axborot-kutubxona markazida Tuman Arxeologiya muzeyi bilan hamkorlikda “Qatag‘on qurbonlari” mavzusida Jadidlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida jadid bobolarimizning millat ma’rifati, yurt taraqqiyoti va xalq kelajagi yo‘lida olib borgan faoliyati, shuningdek, qatag‘on yillarida nohaq ta’qib va jabr ko‘rgan ziyolilarimizning hayoti va faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda tarixiy xotirani asrab-avaylash, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini o‘rganish va yosh avlodga yetkazishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Uchrashuv davomida mavzuga oid kitoblar va tarixiy manbalar asosida fikr almashildi.
•kutubxona Axborot xizmati
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo'ston sh. Xalqlar Do'stligi 3 uy
© Copyright all right reserved by Isoftware Company