“Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori ijrosi

Bugun Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Ellikqal’a tumani fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori ijrosi yuzasidan talaba-yoshlar o‘rtasida yozma ish tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarning davlat tilida savodli yozish ko‘nikmalarini mustahkamlash, imlo qoidalariga rioya qilish darajasini aniqlash hamda o‘zbek tilining nufuzini yanada oshirishdan iborat. Yozma ish jarayonida talabalar o‘zbek tilining imlo va grammatik qoidalariga amal qilgan holda berilgan matnni yozma ravishda bayon etdilar. Tadbir davomida yoshlarning yozma nutq madaniyati, savodxonligi va davlat tiliga bo‘lgan hurmati namoyon bo‘ldi. Bunday ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning davlat tiliga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, ularning nutq va yozuv madaniyatini rivojlantirish hamda o‘zbek tilining jamiyatdagi nufuzi va mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

•kutubxona Axborot xizmati