“Asr vabosidan ehtiyot boʻlaylik!

​Bugun Ellikqal’a tumani axborot-kutubxona markazida giyohvandlikka qarshi kurashish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga bagʻishlangan “Asr vabosidan ehtiyot boʻlaylik!” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.
​Tadbirda giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga soladigan xavfi hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Taʼkidlanganidek, yoshlarni har qanday salbiy illatlardan asrashning eng ishonchli yoʻli — ularni kitobxonlikka va ilmu maʼrifatga oshno qilishdir.

​Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashaylik, kelajagimizga loqayd boʻlmaylik!

kutubxona Axborot xizmati