1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni Ellikqal’ada tantanali nishonlandi. Ellikqal’a tumanida 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu sana butun hayotini yosh avlodga bilim berish va tarbiyalashga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag‘ishlagan fidoyi ustoz va murabbiylarning mehnatini ulug‘lash, ularga chuqur minnatdorlik izhor etish kunidir. Tadbir, avvalo, tuman markazidagi “Ustozga ehtirom” haykali oldida boshlandi. Marosimda tuman hokimi o‘rinbosari O. Atadjanov, faxriy ustoz va murabbiylar, ta’lim sohasining faol xodimlari, aloqador tashkilotlar rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Haykal poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ustoz va murabbiylar mehnatiga cheksiz hurmat izhor etildi.
«“Shoirdan so‘rashdi: siz baxtli inson,
Elingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob berdi: menda bir armon –
Muallim deyishsa meni qaniydi.”»
Eng so`ngi yangiliklar va e`lonlarimizni kuzatib borish imkoniyati!
Ish vaqti: Dush-Shan 9⁰⁰-17⁰⁰
Qoraqalpog`iston Respublikasi Bo'ston sh. Xalqlar Do'stligi 3 uy
© Copyright all right reserved by Isoftware Company