"Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi – 2026"

​Qoraqalpogʻiston Respublikasi Axborot-kutubxona markazida kutubxonachilar oʻrtasida oʻtkazilgan "Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi – 2026" tanlovining ikkinchi (respublika) bosqichi boʻlib oʻtdi.
​Quvonarlisi, ushbu nufuzli tanlovda Ellikqalʼa tumani Axborot-kutubxona markazining mahoratli va tashabbuskor xodimlari munosib ishtirok etib, faxrli nominatsiyalarni qoʻlga kiritishdi:
​-Iroda Yusupova (Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish xizmati rahbari) — "Yilning eng namunali kutubxonachisi" nominatsiyasi;
​-Xurmatoy Saparboyeva (Bibliografiya boʻlimi rahbari) — "Yilning eng mehrli kutubxonachisi" nominatsiyasi.

kutubxona Axborot xizmati