KITOBXONLIK VA ZAMONAVIY KUTUBXONA XIZMATLARI TARG‘IBOTI

 Ellikqal’a tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Ellikqal’a Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
-Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazining Abonementlarga xizmat ko‘rsatish xizmati, Bibliografiya va AKT xizmati mutaxassislari tomonidan talaba-yoshlarga:

-kitob taqdimotlari;
-kutubxona xizmatlari va ulardan foydalanish imkoniyatlari;
-zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari;
-sun’iy intellektdan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni kutubxona xizmatlaridan faol foydalanishga jalb etish hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirishdan iborat.
Kitob — bilim manbai, zamonaviy texnologiyalar esa bilim sari keng imkoniyatdir!

•kutubxona Axborot xizmati